Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
DO‘STLIKDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR NATIJADORLIGI KO‘RIB CHIQILDI

Aholini kambag‘allikdan chiqarish faqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish bilan cheklanmay, oilalarning barqaror daromad manbasini shakllantirish, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Do‘stlik mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida kambag‘al oilalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash, mehnatga layoqatli fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda kasb-hunarga o‘qitish, kredit va subsidiyalardan foydalanish, tomorqa imkoniyatlarini ishga solish hamda yangi daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

Hokim yordamchisi bilan muloqot davomida har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib, individual yondashuv asosida ish olib borish, berilgan ko‘makning natijadorligini kuzatib borish hamda oilalarning barqaror daromadga chiqishini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda aniqlangan masalalarni bartaraf etish, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va ularni daromadli faoliyatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2