Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA SUV TOSHQININING OLDINI OLISH CHORALARI BELGILANDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Kotibiyat_hududlarda #ekspert_guruhlari

FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA SUV TOSHQININING OLDINI OLISH CHORALARI BELGILANDI

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 15-Izza saylov okrugi deputatiga Katta Qani mahallasi fuqarolari tomonidan kuchli yog‘ingarchiliklar vaqtida yomg‘ir suvlari to‘planib, ayrim hollarda xonadonlarga kirib kelayotgani hamda buning natijasida aholi qiyinchiliklarga duch kelayotgani yuzasidan bir necha bor murojaatlar bildirilgan.

💹 Mazkur murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nurali Ismatov tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida hudud ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida mavjud muammoni bartaraf etish va yog‘ingarchiliklar vaqtida suv to‘planishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, ekspert komissiyasi vakillar hamda Katta qani mahallasi raisi ishtirok etdi.

📝 Shuningdek, mazkur ko‘chada fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar uchun yo‘lak tashkil etish masalasini ham hal etish belgilandi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni tez fursatda ijobiy hal etish hamda belgilangan ishlarning amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📈 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish jarayoni deputatlik nazoratiga olindi hamda masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 5