Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi

🔹Joriy yilning 22-sentabr kuni Oliy Majlis Senati tomonidan “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔹Mazkur seminarda berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarning joylarda ijrosini samarali va tashkiliy-huquqiy asosda ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔹Uchrashuv davomida Kotibiyat tomonidan har bir deputat uchun ishlab chiqilgan “Xalq deputatlari Kengashi deputatining mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi” bilan tanishib chiqish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

🔹Muloqot davomida hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni deputatlik nazorati asosida tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda ularning ijrosini nazorat qilishda deputatlarning vakolatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

🔹Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hududlarda izchil amalga oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi amaliy chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro maslahatlashib olindi.

Slide 1 of 3