Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori asosida Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mazkur mablag‘lar fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali ilgari surilgan hamda ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Jumladan, Chilonzor tumanidagi quyidagi umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun mablag‘lar ajratildi:
🔹 280-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 824 000,0 ming so‘m;
🔹 281-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 823 500,0 ming so‘m;
🔹 188-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 823 400,0 ming so‘m;
🔹 101-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 823 500,0 ming so‘m;
🔹 131-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi — 822 500,0 ming so‘m;
🔹 181-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 823 000,0 ming so‘m;
🔹 173-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi — 823 500,0 ming so‘m.
Jami 5 mlrd 763,4 mln so‘m mablag‘ ushbu 7 ta ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur loyihalar fuqarolarning ovoz berish jarayonidagi faol ishtiroki natijasida g‘olib deb topilgan bo‘lib, ajratilgan mablag‘lar aynan loyihalarda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tadbirlar bevosita tovar va moddiy qiymatliklarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, xarid qilinadigan tovarlar reestri buyurtmachi tashkilot hamda loyihani ilgari surgan tashabbuskor bilan kelishilgan holda shakllantirilishi va tasdiqlanishi belgilangan.
“Tashabbusli budjet” — fuqarolar tashabbusi, ovozi va mahalliy budjet mablag‘larini aniq ehtiyojlarga yo‘naltirishning amaliy mexanizmidir.