Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH — E’TIBOR MARKAZIDA

AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH — E’TIBOR MARKAZIDA

📅 2026-yil 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 So‘rov tuman hokimining o‘rinbosari S.Xamrayev nomiga yo‘llanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🔎 Jumladan, tumanda mazkur yo‘nalishda:
▪️ gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️ ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam;
▪️ belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi;
▪️ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
haqida ma’lumotlar o‘rganiladi.

👤 Doimiy komissiya raisi — Ochilov Jamshid Ubaydullayevich.

📌 Mazkur deputatlik so‘rovi orqali qaror talablarining tumandagi ijrosi holatini o‘rganish va mavjud masalalarga deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsad qilingan.