Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Favqulodda vaziyatlar bo‘limining hisoboti muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Hisobotga ko‘ra, shahar hududidagi jami 302 ta davlat tasarrufidagi obyekt tegishli guruhlarga taqsimlangan. Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Hisobot davrida obyektlarda 1 508 marotaba ishchi-xodimlar o‘qitilib, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida 733 marotaba yong‘in-profilaktika ko‘riklari tashkil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

️Yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan mas’ul va javobgar shaxslarga nisbatan 513 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 576 million 388 ming so‘m miqdorida jarimalar tayinlangan.

Aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

Hisobot davrida davlat nazorati inspektorlari tomonidan 20 728 ta xonadon, Qutqaruv qismi xodimlari tomonidan esa 33 025 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilib, fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Shuningdek, shaharda joylashtirilgan elektron tablolar orqali 412 marotaba targ‘ibot materiallari joylashtirilgan, radioeshittirishlar orqali 796 marotaba, “Telegram” messenjerlarida esa 228 marotaba targ‘ibot materiallari tarqatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6