Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan hududlarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahallalarda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxatdagi oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqadan samarali foydalanish va yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi, ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarning manzilliligi hamda fuqarolarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3