Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
"Namuna" mahallasida fuqarolarning yer va soliq masalalariga oid murojaatlari joyida tinglandi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samimiy muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan kundalik muammolariga tezkor va qonuniy yechim topish hamda davlat idoralarining xalqqa yaqinligini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.

Mahallada fuqarolar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish va tushuntirish ishlaridan so‘ng, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Tilobqobilov hamda mutaxassislari ishtirokida fuqarolarni qabul qilindi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida "Namuna" mahallasi ahli va saylovchilar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi. Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

• Yer munosabatlari va mulk huquqi: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari, hujjatsiz uy-joy va binolarni qonuniylashtirish tartiblari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan masalalar;

• Soliq majburiyatlari: Mol-mulk va yer soliqlari, imtiyozlar qo‘llanilishi, soliq hisoblash tartiblari hamda to‘lovlardagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish.

Qabul jarayonida ishtirok etgan deputatlar hamda Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Tilobqobilov boshchiligidagi mutaxassislar har bir murojaatni qonuniy tahlil qildilar:

Murojaat qilgan fuqarolarning aksariyatiga amaldagi qonun hujjatlari, Soliq kodeksi va yaqinda qabul qilingan yer va mulk huquqini e’tirof etishga doir yangi Qonun (O‘RQ-937-sonli) mezonlari asosida batafsil huquqiy tushuntirish va amaliy yo‘llanmalar berildi.

Slide 1 of 1