Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmonov tomonidan “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Qabul jarayonida “To‘xlimergan” MFY, Bog‘chachilik ko‘chasi 30-uyda yashovchi II guruh nogironi Yusupova Shoxsanamhon tomonidan xonadonini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqaro Yusupova Shoxsanamhonning o‘g‘li Yoqubjonov Lazizjon bilan suhbatlashilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va xonadonni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, uni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda zarur amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6