Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
19¹-modda #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida

📌 Aholi farovonligi, munosib turmush sharoiti va hududlarni obod etish — “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ning muhim mezonlaridan biridir.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-"Katta Vaxshivor" saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda belgilangan vazifalarning amaldagi ijro holatini o‘rganish maqsadida "Obod Vaxshivor" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish davomida qarorda belgilangan topshiriqlarning ijro holati atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan qarorlar ijrosi ustidan tizimli deputatlik nazoratini amalga oshirish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5