Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida

🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida

📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Eronshoh” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar doirasida monitoring o‘tkazildi.
📌O‘rganish davomida hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi holati ko‘zdan kechirildi. Kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat, yaratilgan imkoniyatlar hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish jarayonlari bilan tanishildi.
📌Shuningdek, kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlarda ishlatilishi, tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va ushbu imkoniyatlarning aholi farovonligini oshirishdagi amaliy samarasi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.
📌Deputat tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
📌Bunday o‘rganishlar orqali imtiyozli moliyaviy resurslarning manzilli va samarali yo‘naltirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3