Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Aholining kommunal sohasidagi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida “xonadonbay” o‘rganishlar o‘tkazildi.

🔺O‘rganish jarayonida fuqarolarning kundalik turmushi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xonadonlarga tashriflar davomida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, kommunal xizmatlar sifati va uzluksizligi, mavjud muammolar, ularning qancha vaqtdan buyon davom etayotgani hamda ushbu masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga murojaat qilingan-qilinmagani o‘rganildi.

🔺Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha xonadonlarga suvning barqaror yetkazib berilishi, suv bosimi, tarmoqlarning texnik holati, elektr ta’minoti bo‘yicha esa tarmoqlardagi uzilishlar, kuchlanishning barqarorligi, gaz ta’minoti masalasida aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik holati, mavsumiy ehtiyojlar, gaz bosimi bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

🔺Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazish, ularning bartaraf etilishini nazoratga olish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va amaliy yechim berish bo‘yicha deputatlik nazoratini kuchaytirish belgilandi.

Slide 1 of 2