Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
251-SONLI DMTTDA MUHIM TA’MIRLASH ISHLARI JARAYONI O‘RGANILDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

251-SONLI DMTTDA MUHIM TA’MIRLASH ISHLARI JARAYONI O‘RGANILDI

🔎 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida 251-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🕯 Mazkur loyiha doirasida DMTTning tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvur tarmoqlarini ta’mirlash, barcha hojatxonalar, kanalizatsiya tizimi va yerto‘la quvurlarini ta’mirlash, shuningdek, binoni o‘rab turuvchi devorlarning ta’mirtalab holatga kelgan qismlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

⏫️ O‘rganish davomida kommunikatsiya tarmoqlarining holati, hojatxonalar va kanalizatsiya tizimining amaldagi ahvoli, yerto‘la quvurlarining sozligi hamda bino atrofidagi devorlarning ta’mirtalab qismlari ko‘zdan kechirildi. Bajarilayotgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi va sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Shuningdek, ta’mirlash jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, bajarilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlarni sifatli amalga oshirish hamda obyektni belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan pudratchi tashkilot mas’uliga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📆 Ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi.

Slide 1 of 9