Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Hududda jinoyatchilik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tumanning “Qoramanas”, “Qoraboy” va “Boyterak” mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektori M.Nodirov tomonidan mahallada jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔴O‘rganish davomida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, oilaviy va maishiy nizolarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, yarim yillik yakuni bilan hududdagi mahallalar kesimida jinoyatchilik holati tahlil qilinganda, Qoraboy mahallasi “qizil” toifaga kiritilgan. Hududda sodir etilgan jinoyatlar kesimida tahlil o‘tkazilganda, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati “Qoramanas” mahallasida, qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish jinoyati “Qoraboy” mahallasida sodir etilgani qayd etildi. Shuningdek, jinsiy xususiyatdagi jinoyatlar hamda o‘g‘irlik jinoyati Qoraboy mahallasida, firibgarlik jinoyati esa “Qoramanas” mahallasida sodir etilgani ma’lum qilindi.

🔴Ushbu holatlar deputat tomonidan muhokama qilinib, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga imkon beruvchi omillarni chuqur tahlil qilish, ayniqsa, jinoyat sodir etilishi yuqori bo‘lgan hududlarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mahallalarning kirish va chiqish qismlariga odam yuzini hamda avtotransport vositalari davlat raqamlarini avtomatik tanib oluvchi videokuzatuv kameralarini ko‘paytirish bo‘yicha taklif bildirildi.

🔴Deputat tomonidan profilaktika inspektori bilan birgalikda jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mahallalarda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash, profilaktik hisobdagi shaxslar bilan muntazam muloqot olib borish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Slide 1 of 1