Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
🏠 “OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI, O‘RQ-327-SON IJROSI DOIRASIDA YANGI TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Shovot tumani Zamondosh mahallasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati — sog‘lomlashtirish markazi faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Zamondosh mahallasi hokim yordamchisi I. Qurbonov ishtirok etdi.
🏢 O‘rganish davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
💼 Mazkur faoliyat orqali aholi uchun yangi daromad manbai yaratilayotgani, bandlik ta’minlanayotgani hamda oilalar daromadini oshirishga imkoniyat yaratilayotgani o‘rganildi.
📈 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va mahalla aholisini daromadli mehnatga jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.