Oliy Majlisi Senati Devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
✔️Seminarda xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov, kotibiyat mudiri M.Kamolova, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiya rahbarlari ishtirok etdi.
📍Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 20 nafar deputati o‘zi saylangan okrugdagi 14 ta mahallaga biriktirildi hamda har bir deputatning mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi.