Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
YUKSAK MA’NAVIYAT — YENGILMAS KUCH

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismailova tomonidan yoshlarni ma’naviy barkamol, vatanparvar va yuksak axloqiy fazilatlarga ega insonlar etib tarbiyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot oliygohi talabalari bilan “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni, kitob va mutolaaning yoshlar dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, Vatanga sadoqat hamda jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, yoshlar tarbiyasi, kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yakunda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tushuntirildi.

Slide 1 of 1