Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
XOTIN-QIZLAR BILAN BOG‘LIQ MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Yashnabod» MFY xotin-qizlar faoli bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlarga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, muammoli vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda xotin-qizlarning murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.