Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#_Kengash_raisi_faoliayti KAMBAG‘ALLIK VA BANDLIK MASALALARI BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

#_Kengash_raisi_faoliayti
KAMBAG‘ALLIK VA BANDLIK MASALALARI BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi M.Ashurov tomonidan tuman hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida shtab tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining muammolarini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda ularga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shtab faoliyati davomida belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1