Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov, 1-O‘choqli saylov okrugi deputati K.Bayzakovlar tomonidan tuman Pensiya bo'limida O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔰 O‘rganish davomida fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid huquqlarini ta’minlash, pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularga pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Pensiya tayinlashda fuqarolarning mehnat staji va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarning inobatga olinishi, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

🔰 O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, qonun talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3