Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Fuqarolarning murojaatlari asosida tumandagi Vatan mahallasi hududidagi 52-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar o‘yingohida ba’zi bir o‘yin jixozlari yaroqsiz holga kelgani shuningdek, uning atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlanligi qayd etilgan.

🕯 Mazkur mavjud bolalar o‘yingohini zamonaviy ko‘rinishga keltirish orqali mahalla bolalari va yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda hududning obodonchiligi va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

📈 Yuqoridagilardan kelib chiqib:

✍️ Vatan mahallasi 52-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan mavjud bolalar o‘yingohini zamonaviy ko‘rinishga keltirish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

✍️ bolalar o‘yingohini zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun zarur bo‘lgan moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda amalga oshirish muddatlarini belgilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

✍️ ko‘rilgan choralar, shuningdek, uni amalga oshirishning aniq mexanizmi haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3