Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
5-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI KOMISSIYADA MUHOKAMA QILINDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet

5-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI KOMISSIYADA MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida Xondamir mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil I mavsumida amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan Uchtepa tumanida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyasining muhokama yig'ilishi o‘tkazildi.

⚙️ Yig'ilishda loyiha doirasida binoning tom qismini to‘liq yangilash, issiqlik tizimini o‘rab turuvchi devorlarni ta’mirlash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning holati va loyiha talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “BASS-SERVICE LYUKS” MChJ tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari yuzasidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari ko‘rib chiqildi.

📝 Yig'ilishda muhokama yakunlari bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hamda “Renaissance Builder” MChJ mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini loyiha hujjatlari va belgilangan texnik talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

💼 Ushbu yig'ilishda komissiya a'zolari J.Karimov, A.Xudayberganov, M.Mirsultonovlar ishtirok etishdi.

📈 Mazkur masala ishchi komissiyada muhokama qilinar ekan, obyektni foydalanishga topshirishdan avval barcha kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish hamda loyiha doirasidagi ishlarni sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7