Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
IJTIMOIY REYESTRDA TURUVCHI FUQAROLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH NATIJALARI.

O‘rganishlar davomida G'ofurjonov To‘ychining oilaviy va ijtimoiy holati ham o‘rganildi.
Mazkur fuqaro kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga kirishi, hozirgi kunda oilaning moddiy ta’minoti yetarli darajada emasligi va fuqaroning doimiy ish joyiga ega emasligi aniqlandi. Oila a’zolaridan turmush o‘rtog‘i mavsumiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, oila daromadi asosan ushbu mavsumiy ish haqi hisobidan shakllanmoqda.
Fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash, oila daromadini oshirish va uning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida bandligini ta’minlash va munosib ish o‘rniga joylashtirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, fuqaroni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, uning kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqib ishga joylashtirish hamda bandligini ta’minlash orqali oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash choralari belgilandi.
Belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanishi, oila daromadlarining barqarorlashishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojining kamayishi maqsad qilingan.
Mazkur oila holati mas’ullar tomonidan manzilli nazoratga olinib, belgilangan reja asosida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2