35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida yangi loyihalar amalga oshiriladi
янв.21
Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumanida olib borilgan o'rganishlar yakunida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Zomin tumanida “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xalmatov, Viloyat pedagogik mahorat markazi rahbari Ijod Axmedov, Jizzax politexnika instituti dotsenti Shuhrat Turatov, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmatning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, Zomin tumanida turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhiti shakllangani ta’kidlandi. Yagona Vatan, mushtarak qadriyatlar va ezgu maqsadlar xalqimizni birlashtirib kelayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda xalqimizning kuch-qudrati, avvalo, uning birligi va ahilligida ekani, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishi, milliy urf-odat va an’analarini asrab-avaylashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar mustaqillik yillarida erishilgan muhim yutuqlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

“Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri mahalla faollari, nuroniylar va yoshlarni bir davraga jamlab, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” g‘oyasining mazmun-mohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbir yakunida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik hamda xalqimiz birdamligini asrab-avaylash har bir fuqaroning muhim burchi ekani qayd etildi.

Slide 1 of 4