Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
📊 MAHALLIY BUDJET XARAJATLARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2026-yil 14-sentabrdagi VII-29-91-12-218-K/26-son qarori bilan tuman mahalliy budjetining xarajatlar yoyilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

💰 Qarorga muvofiq, jami 1 mlrd 638 mln 702,1 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘lar, jumladan, bir qator tashkilotlarda ish haqiga yetishmovchilikni qoplash hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga qaratildi.

🔹 Tuproqqal’a tumani hokimligi — 763 mln 350 ming so‘m
🔹 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi — 176 mln so‘m
🔹 Oila va xotin-qizlar bo‘limi — 66 mln so‘m
🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 522 mln 874,1 ming so‘m
🔹 Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti markazi — 35 mln 500 ming so‘m
🔹 Axborot-kutubxona markazi — 40 mln so‘m
🔹 Sport maktabi — 19 mln 978 ming so‘m
🔹 Madaniyat bo‘limi — 4 mln so‘m
🔹 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi — 12 mln so‘m.

📌 Qarorning ijrosi tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Slide 1 of 1