Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
CHALA QOLGAN OBYEKT — DEPUTATLIK NAZORATIDA.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati A.Abduraxmonov tomonidan viloyat Kengashining tegishli qarori ijrosi yuzasidan Fayzliobod mahallasidagi "Yog‘ochli Sardoba" obyektida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Mazkur obyekt uchun ajratilgan 2 mlrd 900 mln so‘m mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi, shuningdek, bajarilgan ishlar sifati va obyektning belgilangan talablar asosida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida yagona buyurtmachi — “Oliy Burch Tiklanish” MChJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, obyektda mavjud kamchilik va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qolgan ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan “Oliy Burch Tiklanish” MChJ rahbari o‘rinbosari Nosirov Kamolga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini muntazam kuzatib borish va obyektdagi ishlarning yakuniga qadar deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Nomozovga doimiy nazorat olib borish vazifasi yuklatildi.
Deputatlik nazoratining maqsadi — kamchilikni qayd etish emas, uni bartaraf etishga erishishdir.
Shu nuqtai nazardan, ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishi, obyektlarning sifatli yakunlanishi va ulardan aholi manfaati yo‘lida to‘laqonli foydalanish ta’minlanishi deputatlik nazoratining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
Slide 1 of 2