Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

O‘rganish jarayonida bugungi kunda Ijtimoiy reyestrda turgan fuqarolarning ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti, doimiy daromad manbalari hamda bandligini ta’minlash imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, kambag‘allik chegarasidagi oilalardan birining holati o‘rganilib, oila a’zolarining mehnat faoliyati va daromad manbalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur oilada fuqarolardan biri ishsiz ekani, turmush o‘rtog‘ining esa mavsumiy mehnat bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.
Mavjud holatdan kelib chiqib, oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, ishsiz fuqaroni munosib ish o‘rniga joylashtirish va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, oilani kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadini oshirish orqali Ijtimoiy reyestrdan chiqarishga qaratilgan manzilli ishlar belgilab olindi.
Bunday o‘rganishlarning asosiy maqsadi — har bir oilaning muammosini chuqur o‘rganish, uning sabablarini aniqlash va fuqaroga tayyor yordam emas, balki barqaror daromad topishi va o‘zini o‘zi ta’minlashi uchun amaliy imkoniyat yaratishdan iborat.
Har bir oila farovonligi — mahalla taraqqiyoti, barqaror bandlik esa kambag‘allikni qisqartirishning eng muhim omilidir

Slide 1 of 3