Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
🔰Talaba-sportchilar e’tirof etildi

🔰Talaba-sportchilar e’tirof etildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O.SHerov tumandagi 3-son texnikumda bo‘lib, ta’lim muassasasida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.
🔹Tashrif davomida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh talaba-sportchilar hamda ularning ustozlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Deputat O.SHerov g‘oliblarni samimiy muborakbod etib, ularning sportdagi yutuqlari e’tibor va e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.
🔹Shuningdek, musobaqada munosib natija qayd etgan talabalar va ularning ustozlariga esdalik sovg‘alari topshirilib, kelgusidagi sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erishishlari tiladi.
🔹Bunday rag‘batlantirishlar yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6