Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
#munosabat

🔰#munosabat

🔽Shaxmat — aql, bilim va do‘stlik timsoli

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida shaxmatning yosh avlod intellektual salohiyatini yuksaltirish, mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlangan. Negaki, bu nufuzli musobaqa ilk bor O‘zbekistonda, qadimiy Samarqand shahrida 200 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
🌏Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, bu kabi xalqaro sport tadbirlari nafaqat yurtimizning sport salohiyatini namoyon etadi, balki yoshlarimiz uchun katta mahorat va tajriba maktabi vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, shaxmatning mantiq, sabr, strategik fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni beqiyos.
🌏Davlatimiz rahbarining shaxmat sportiga qaratayotgan e’tibori yoshlar o‘rtasida ushbu intellektual sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda. Samarqanddagi olimpiada esa O‘zbekistonning do‘stlik, hamkorlik va intellektual taraqqiyot maydoni sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

👉Barcha shaxmatchilarimizga munosib ishtirok, yangi yutuq va zafarlar tilayman!

👉Rohila Boorova ,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,