35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
18-umumta'lim maktabida ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida yangi loyihalar amalga oshiriladi
янв.21
Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 24-Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Sobirdjanova Laziza Olimjon qizi tomonidan “Yaxshiniyat” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va muammolarini o‘rganish maqsadida aholi bilan muloqot qilindi.
🔎 O‘rganish jarayonida fuqarolarning ijtimoiy va maishiy sharoitlari, oilaviy holati, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda kundalik hayotida duch kelayotgan masalalari atroflicha o‘rganildi.
📌 Ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, infratuzilma va kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
📒 Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar deputatlik daftariga qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish belgilandi.
🤝 Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning amaliy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.