Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ishlar holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish olib borildi
янв.21
«Kunchiqish» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
18-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
ELEKTR TARMOQLARI HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 ELEKTR TARMOQLARI HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida Mirzato‘p mahallasi, Ziyolilar ko‘chasi fuqarolarining murojaatini o‘rgandi.
Fuqarolarning ma’lum qilishicha, ko‘chadagi elektr tarmoqlari va elektr simlarining holati yuzasidan tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga bir necha marotaba murojaat qilingan.
Ayni vaqtda Ziyolilar ko‘chasidagi elektr simlarining ayrim qismlari eskirgani va talab darajasida emasligi qayd etilmoqda.
Mazkur masala navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, tegishli elektr ta’minoti tashkilotining mas’ullaridan mavjud holat, ko‘rilgan choralar va muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar yuzasidan axborot olinishi ko‘zda tutilgan.
📌 Deputat S. Nurmamatova tomonidan fuqarolar murojaatining amaliy yechimini ta’minlash hamda elektr tarmoqlarini tegishli talablar asosida tartibga keltirish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3