Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
“G‘ishtli masjid” mahallasidagi bo‘sh turgan bino o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish va ularning ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mazkur rejaning 61-bandi ijrosini ta’minlash, xususan, 4 ta bo‘sh turgan davlat aktivlarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh turgan bino o‘rganilib, mazkur obyektni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish masalasi muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida bo‘sh turgan binoni auksion savdolariga chiqarish bilan bog‘liq ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Kadastrlar palatasi shahar filiali hamda shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bilan hamkorlikda zarur choralarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur ishlarning samarali tashkil etilishi bo‘sh turgan davlat obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni iqtisodiy muomalaga kiritish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2