Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati hamda muassasalar faoliyatini takomillashtirish masalalari deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova shahardagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning bugungi faoliyati yuzasidan DMTT rahbari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida:

• tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

• ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi;

• muassasaning moddiy-texnik bazasi;

• sanitariya-gigiyena va xavfsizlik holati;

• pedagoglar faoliyati hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida 19-sonli DMTT faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Sifatli maktabgacha ta’lim — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 1