Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_faoliyati #deputat_qabuli #haftalik_ish_reja_ijrosi #mahalla

AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🕯 Uchtepa tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar mahallabay va manzilli yondashuv asosida izchil davom ettirilmoqda.

👍 Shu maqsadda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Sanjar Djalolov hamda Uchtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov tomonidan Paxtakor mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📈 Deputatlik nuqtayi nazaridan asosiy e’tibor — mavjud imkoniyatlarni sanab o‘tish emas, balki ularning fuqarolar uchun amaliy natijaga aylanishini ta’minlashga qaratildi.

📁 Shu bois muloqot davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, daromad topish imkoniyatiga ega oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida tushuntirish berish, har bir xonadonning muammosini alohida o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🧠 Aholi bilan bunday bevosita muloqotlar deputatlik faoliyatining ham muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, joylardagi real muammolarni aniqlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularni amaliy yechimga yo‘naltirish imkonini beradi.

🤝 Eng muhimi, har bir murojaat ortida inson, har bir xonadon ortida esa oila taqdiri bor. Shu sababli bandlik va daromad masalalariga faqat statistik ko‘rsatkich sifatida emas, balki har bir oilaning farovonligi bilan bog‘liq muhim masala sifatida yondashilmoqda.

📈 Maqsad aniq - har bir xonadonda daromad manbai, har bir mehnatga layoqatli fuqaro uchun munosib bandlik imkoniyati va har bir oila uchun barqaror farovonlikni ta’minlash.

Slide 1 of 5