Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#24_ta_tavsiya #tibbiy nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sayfiddin Subanov tomonidan hududdagi dorixonalarda dori vositalarining retsept bo‘yicha berilishi tartibiga rioya etilishi holati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida deputat dorixona xodimlari va aholi bilan muloqotda bo‘lib, quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
🔍 O‘rganish davomida:
🔹Dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi vositalarning haqiqatdan ham shifokor ko‘rsatmasisiz sotilmasligi;
🔹Kuchli ta’sir etuvchi dorilar muomalasidagi qat’iy nazorat va mas’uliyat;
🔹Fuqarolarga shifokor retseptisiz o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berish;
Elektron retsept tizimining amaliyotda qo‘llanilishi va uning afzalliklari.

💡 Afsuski, ko‘pchilik fuqarolarimiz o‘z-o‘zini davolash, tanish-bilishlar tavsiyasi yoki ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga tayanib, xususan antibiotik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini pala-partish iste’mol qilishga ko‘nikib qolishgan. Bu esa:
Organizmda dori vositalariga nisbatan ko‘nikish (rezistentlik) paydo qiladi va keyinchalik oddiy kasalliklarda ham dori ta’sir qilmay qoladi;
Asossiz qabul qilingan preparatlar jigar, buyrak hamda yurak-qon tomir tizimiga jiddiy zarar yetkazadi;
Surunkali xastaliklarning yashirin va og‘ir shaklga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi.

🗣 Deputat Sayfiddin Subanov ta’kidlaganidek: "Bizning asosiy maqsadimiz — aholiimizni dori olishda ovora qilish emas, balki ularning salomatligini asrash va nojo‘ya oqibatlardan himoya qilishdir. Har bir dori vositasi ortida inson hayoti va salomatligi turadi. Dorixonalar shunchaki savdo shoxobchasi emas, mas’uliyatli tibbiy muassasadir."
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan dorixona mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, doimiy nazoratni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Muhtaram hamshaharlar! Salomatligingizga befarq bo‘lmang. Har qanday dori vositasini faqat malakali shifokor ko‘rigidan o‘tgach va uning retsepti asosida xarid qiling!

Slide 1 of 3