Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#investitsiya #bandlik

Olmaliq shahrida mahalla bay mahalla yurib, aholi turmush darajasini oshirish, hududiy drayverlarni aniqlash hamda xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
Xususan, shahardagi "Hilol" mahallasida joylashgan investitsiya korxonalari faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yaqindan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shahar hokimligi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda hokim o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev ishtirok etishdi.

🔍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor nimalarga qaratildi?
Ishlab chiqarish quvvatlari va investitsiyalar: Mahallada faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlari, investitsiya loyihalarining joriy holati va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Yangi ish o‘rinlari: Korxonalarda yaratilayotgan ish o‘rinlari barqarorligi, birinchi navbatda, mahalladagi ishsiz fuqarolar hamda yoshlarni ish bilan ta’minlash qamrovi tahlil qilindi.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash: Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va mavjud quvvatlarni kengaytirish yo‘lidagi masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashindi.

Muloqot chog‘ida hududda yangi loyihalarni jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir xonadon daromadini oshirishga xizmat qiladigan amaliy choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topsiriqlar berildi va aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga kiritilib ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4