Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar monitoring qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda shahar Kengashiga “O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Viktoriya tekstil” korxonasining ish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan ish o‘rinlari va mahalla aholisini, xususan, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash borasidagi faoliyati bilan tanishildi.

Ayni paytda korxonada mahalladagi 125 nafar ayol-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari mahalliy bozorlarda sotilayotgani qayd etildi.

Deputatlar M.Usmonov va N.Shomatov korxona rahbariyati bilan muloqot davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Jumladan, mahsulotlarni onlayn savdo orqali realizatsiya qilishni kengaytirish, qo‘shni davlatlarga eksportni yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda mavjud bino va inshootlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik tashabbuslarini kengaytirish maqsadida 5 million so‘mgacha bo‘lgan garovsiz kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, mahalladagi bitiruvchi sinf o‘quvchilarini korxonada kasb-hunarga o‘qitish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va kelgusida bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3