Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 14–18-sentabr kunlari uchun ish rejasi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan 2026-yil 14–18-sentabr kunlari davomida deputatlik faoliyatini kuchaytirish, hududdagi muhim masalalarni o‘rganish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.

Hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida saylov okruglarida o‘rganishlar olib boriladi.
Jumladan,
🔹1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxir qizi,
🔹17-Navro‘z saylov okrugi deputati Mirzayev Murod Sobirovich,
🔹3-Guliston saylov okrugi deputati Domilaev Zuxriddin Ismonovich,
🔹24-Charog‘on saylov okrugi deputati Xasanova Nigoraxon Abdulaxatovna
🔹12-Tuyagum saylov okrugi deputati Mashrabaeva Xilola Xudoyberdievnaning o‘rganishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Hafta davomida Kengashning doimiy komissiyalari ish rejasiga muvofiq Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya, shuningdek Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarda hisobotlar eshitiladi.

Bundan tashqari, Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish, deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuv va o‘rganishlari davomida aniqlangan muammo hamda takliflar yuzasidan deputatlik so‘rovlarini yuborish, kelib tushgan masalalarni tegishli doimiy komissiyalarga kiritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda o‘rganish hamda yuqori tashkilotlardan kelib tushgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1