Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Jayxun" mahallasida ehtiyojmand oilalar holati "xonadonbay" o‘rganildi!
Kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning doimiy bandligini ta’minlash bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor va hayotiy vazifalaridan biridir.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida har bir ehtiyojmand oila bilan "xonadonbay" va manzilli ishlash, fuqarolarning daromadini oshirish, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini amalda ta’minlash maqsadida, mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar okrug hududidagi “Jayxun” mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi.

Mas’ullar mahalladagi kambag‘al va ehtiyojmand oilalar xonadonlariga bevosita kirib borib, ularning ijtimoiy sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud imkoniyatlarini o‘rgandilar.

Muloqotlar davomida:

• Bandlikni ta’minlash: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan oila a’zolarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish;

• Tadbirkorlik va daromad: O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan shahar va mahalla mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Slide 1 of 2