Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
MIROBOD TUMANIDAGI AVTOBUS BEKATLARINI YAXSHILASH BO‘YICHA TEGISHLI CHORALAR KO‘RILMOQDA

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: MIROBOD TUMANIDAGI AVTOBUS BEKATLARINI YAXSHILASH BO‘YICHA TEGISHLI CHORALAR KO‘RILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyevning Mirobod tumani “Navro‘z” va “Mirobod” mahallalari hududidagi jamoat transporti bekatlarining holatini yaxshilash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida mazkur mahallalardagi avtobus bekatlarining mavjud holatini mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bekatlarni obodonlashtirish hamda yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish masalalari ko‘tarilgan edi.

🚌 Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Toshkent shahridagi jamoat transporti bekatlarini zamonaviy va qulay infratuzilma bilan ta’minlash, ularni namunaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ma’lum qilingan.

🔎 Eng muhimi, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan Mirobod tumanidagi “Navro‘z” va “Mirobod” mahallalari hududida joylashgan jamoat transporti bekatlarining holati tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilgan.

🛠 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avtobus bekatlarini zamonaviy va qulay infratuzilma bilan ta’minlash, yo‘lovchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda bekatlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani rasmiy javobda qayd etilgan.

☀️ Shuningdek, rekonstruksiya ishlari jarayonida bekatlarda yo‘lovchilar uchun kutish joylarini tashkil etish, fuqarolarni quyosh va noqulay ob-havo sharoitlaridan himoyalash hamda bekat hududlarini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi ma’lum qilingan.

✅ Shu tariqa, deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan fuqarolar manfaatlari asosida ko‘tarilgan masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, “Navro‘z” va “Mirobod” mahallalaridagi avtobus bekatlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

🤝 Mazkur avtobus bekatlarining belgilangan talablar asosida rekonstruksiya qilinishi, obodonlashtirilishi va aholiga qulay jamoat transporti infratuzilmasini yaratishga qaratilgan ishlarning amaliy ijrosi deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1