Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
39-son oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan yuborilgan xatiga 39-son oilaviy poliklinika ma’muriyatidan rasmiy javob xati olindi.
Javob xatida poliklinika binosi 2020–2022-yillarda ta’mirlangani, tom qismi, deraza va eshiklar, suv va kanalizatsiya tarmoqlari, elektr ta’minoti hamda hudud yoritish tizimlari yaxshi holatda ekani qayd etilgan.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyatni ta’minlash maqsadida 1 dona isitish uzelini joriy ta’mirlash va yuqori bosimda yuvish uchun budjet mablag‘lari hisobidan 7 mln 400 ming so‘m moliyalashtirilgani ma’lum qilingan. Isitish tizimi to‘liq ta’mirlanib, yuqori bosimda yuvilgan va zarur moslamalar o‘rnatilgan.
Poliklinikada elektr energiyasi ta’minoti uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 60 kVt/soat quvvatli quyosh paneli o‘rnatilgan. Ichimlik suvidan samarali foydalanish uchun zamonaviy o‘lchagichlar hamda raqamli billing tizimi joriy etilgan.
Shu bilan birga, mavjud muammolar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, kuz-qish mavsumida issiq suv bosimi va harorati pasayishi sababli isitish tizimida muammolar yuzaga kelayotgani, poliklinika hududida chiqindi yig‘ish uchun maxsus joyga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, poliklinika binosining old fasad qismi 2026-yil 4-maydagi kuchli yomg‘ir oqibatida shikastlangani va uni joriy ta’mirlash uchun 95 mln so‘m, elektr ta’minotidagi yaroqsiz ShITni zamonaviy qurilmaga almashtirish uchun esa 10 mln so‘m, jami 105 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ talab etilishi ma’lum qilingan.
Mazkur rasmiy javob xati asosida olingan ma’lumot sifatida tegishli tartibda o‘rganish va nazorat ishlarida foydalanish uchun qabul qilindi.

Slide 1 of 1