Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#TUMAN_HOKIMI_VA_KENGASH_RAISI_HAMKORLIKDA

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va takliflarini bevosita tingladi.

Qabul davomida aholining turli yo‘nalishlardagi — ijtimoiy masalalar, bandlik, tadbirkorlik, yer, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda boshqa dolzarb muammolar bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Har bir masala bo‘yicha mas’ullarning axboroti eshitilib, murojaatlarning qonuniy, tezkor va amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Qabulda tuman prokurori Ravshan Turdiyev hamda tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularga yechim topish jarayonida faol qatnashdilar.

Aholi murojaati — e’tiborda. Har bir muammo — nazoratda. Asosiy maqsad — natija.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va mas’ullarga aniq vazifalar belgilash orqali murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7