Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDAGI USTAXONA QURILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari J.Yoqubov va G.Raimova tomonidan Yangiobod tuman texnikumida tashabbusli budjet loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ustaxona qurilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, obyektning amaldagi holati, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda loyiha ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur ustaxonaning barpo etilishi texnikum o‘quvchilarining amaliy mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni egallashlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan qurilish jarayonida ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, loyiha hujjatlariga rioya etilishi, ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, texnikum rahbariyati va mas’ul mutaxassislar bilan suhbat davomida ustaxonadan kelgusida samarali foydalanish, uni zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash va loyihadan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3