Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“Istiqlol” mahallasida yillar davomida kutilgan muammo amaliy yechim topmoqda

Aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida  tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov  hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar mahallaga tashrif buyurib, fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va ta’minot barqarorligini oshirish maqsadida 160 kVt quvvatga ega yangi transformator hamda 23 dona beton ustun ajratildi.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida mahalladagi elektr ta’minoti barqarorligi yanada yaxshilanib, aholining yillar davomida yechimini kutib kelgan muammolaridan biri bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

O‘z navbatida, mahalla aholisi elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlardan mamnunligini va minnatdorligini bildirdi.

Aholi murojaatlari — amaliy yechimlar va natijalar bilan.

Slide 1 of 10