Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“Yuksalish” mahallasida mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla bankirining hududdagi aholi, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan olib borayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarning samaradorligi ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, mahalla bankiri faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholining iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi daromad manbalarini yaratish — mahallalarda farovonlikni ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1