Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

#sessiyadan_jarayonlar #deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Open_byudjet

XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

💼 Sessiyada Kengash deputatlari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari raislari, shuningdek, hisobot va axborot beruvchi mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

📁 Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala — 2026-yil “Tashabbusli budjet” jarayonining II mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash hamda ularni moliyalashtirish masalasi bo‘ldi.

🗣 Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Mirsultonov tomonidan mazkur yo‘nalishda hisobot berildi.

📈 Ta’kidlanganidek, 2026-yilning II mavsumida Uchtepa tumanida “Tashabbusli budjet” jarayoni belgilangan tartibda tashkil etilib, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar “Ochiq budjet” elektron portali orqali ovozga qo‘yildi.

📊 Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, Uchtepa tumanida 15 ta loyiha g‘olib deb topildi.

↗️ G‘olib deb topilgan 15 ta loyihaning umumiy qiymati 19 milliard 719 million 300 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, ayni paytda tuman “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da jami 21 milliard 224 million so‘m mablag‘ shakllanganligi ma’lum qilindi.

📈 “Tashabbusli byudjet” — fuqarolarning o‘z hududidagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularga yechim taklif qilish va byudjet mablag‘larini yo‘naltirish jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan muhim mexanizmlardan biridir.

📇 Sessiyadagi mazkur masala doirasida g‘olib loyihalarni moliyalashtirish orqali Uchtepa tumanidagi mahallalarda hamda ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, hududlar obodonchiligi va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 5