Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
ZIYOLILAR KOʻCHASI MUAMMOLARI OʻRGANILDI

 ZIYOLILAR KOʻCHASI MUAMMOLARI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Rasta mahalla fuqarolar yig‘ini
hududidagi Ziyolilar ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida ko‘chaboshi A.Murodaliyev ko‘chaga ikki yarim oy avval
yangi beton tayanch ustunlari va SIP kabellari o‘rnatilgan bo‘lsa-da,
xonadonlargacha elektr tarmog‘i tortilmaganini bildirdi.
 

Mavjud holat mas’ullarga ko‘rsatib o‘tildi hamda aholi xonadonlarini elektr
tarmog‘iga ulash masalasini tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.
 

Shuningdek, mazkur masalani hal etish maqsadida tuman elektr ta’minoti
korxonasi rahbariga deputat so‘rovi yuborish, xonadonlarni elektr tarmog‘iga
ulash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni
ko‘rish belgilandi.
 

Muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning ijobiy
yechimi deputat tomonidan nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4