Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI


Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Yorug'kun saylov okrugidan saylangan deputat N.Sattorov okrugidagi Mirzo Ulug'bek mahallasida o'rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, viloyatdan biriktirilgan vakillar ishtirokida Mirzo Ulug‘bek mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi hamda mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng mahallada Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolarning xonadonlariga kirib, oilalarning ijtimoiy holati, bandligi va daromad manbalari o‘rganildi.

Fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish bilan ta’minlash, farzandlarini tayyorlov kurslariga yo‘naltirish, shuningdek, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida har bir oila bilan manzilli ishlash, daromadlarini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3