Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishlar: Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tuman Kengashi deputati E. Mirzayeva tomonidan viloyat xotin-qizlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Jizzaxlik va Ziyokor mahallalarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda xotin-qizlar faollarining faoliyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faollarining muammoli va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borayotgan ishlari, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlariga e’tibor qaratildi. Ma'sullarga xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish hamda qonun ijrosini ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganishlar doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va muammolari tinglandi. Fuqarolarga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqi, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari hamda qonunchilikda belgilangan kafolatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1