Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“OCHIQ BUDJET”DA YANGI G‘OLIB: SHARILLOQ MAHALLASIDAGI YO‘L LOYIHASI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB E’LON QILINDI!

Sessiyada ovoz berish yakunlariga ko‘ra 10-o‘rinni egallagan “Sharilloq mahallasidagi Boyqishloq, Sharilloq, Yangibozor, Zamin, Bog‘iston va Sharshara ko‘chalarining jami 3000 metr qismini ta’mirlash” loyihasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha sessiya oldidan deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, yo‘llarning mavjud holati, aholining kundalik harakatlanishida yuzaga kelayotgan muammolar hamda loyihaning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan edi.
O‘rganishlar davomida mahalla faollari, loyiha tashabbuskori va fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, mazkur loyihaning amalga oshirilishi aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Sessiyada loyiha deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Qarorga asosan, mazkur loyiha “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilindi.
Loyihani amalga oshirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish belgilandi.
Natija — 3000 metr yo‘l ta’mirlanadi!
Bu — fuqarolar tashabbusining amaliy natijasi, deputatlar tomonidan xalq manfaatlari yo‘lida olib borilgan o‘rganishlarning samarasi va mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 1